Tadbir rasmi
Tadbir rasmi
Tadbir rasmi
Tadbir rasmi
Tadbir rasmi
Tadbir rasmi
O'tgan

Kutubxonaga sayohat

03.03.2026 11:30
O`quv zali
Tashkilotchi: Mahliyo Hamroyeva
0/15 ishtirokchi

Tadbir haqida

2026-yil 3- mart kuni Qiziltepa tumani Axborot-kutubxona markazida tumandagi 7532-harbiy qism askarlari ishtirokida ma`naviy-ma`rifiy yonalishdagi ``Kutubxonaga sayohat`` tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbir davomida markaz mutaxassisi G. Kamolova tomonidan kutubxona fondiga kelib tushgan yangi adabiyotlar, zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlari hamda kitobxonlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Harbiy xizmatchilar kutubxonaga a’zo etilib, ularning mutolaa madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati rahbari M. Hamroyeva tomonidan bo‘lim faoliyati, raqamli imkoniyatlar hamda ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanish yo‘nalishlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Mazkur tadbir yosh harbiylarning intellektual salohiyatini oshirish, kitobxonlik madaniyatini mustahkamlash hamda ma’naviy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan muhim ma’rifiy uchrashuv bo‘ldi.

Tadbir tafsilotlari

Sana va vaqt

03.03.2026, 11:30

Joy

O`quv zali

Sig'im

15 kishi

Tashkilotchi

Mahliyo Hamroyeva