Kutubxona tarixi

Qiziltepa Axborot Kutubxona Markazning boy tarihi va rivojlanish yo'li

2019 yil

Kutubxona tashkil etilishi

“O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 - yil 7-iyundagi "O`zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmatini ko`rsatishni yanada takomillashtirish to`g`risida"gi PQ-4354-sonli hamda Navoiy viloyati hokimining 2019 - yil 12-iyundagi Q-106-sonli qarorlari ijrosini ta`minlash maqsadida Navoiy viloyatidagi Abdulla Qodiriy nomidagi axborot-kutubxona markazi tarkibida Qiziltepa tuman axborot-kutubxona markazi 2020 - yildan o`z faoliyatini boshladi.
-Umumta`lim maktablari va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarining faoliyati tugatilgan axborot-resurs markazlarining kitob fondlari tuman axborot-kutubxona markaziga dalolatnomalar orqali qabul qilib olindi.
-Tuman AKM dastlab 11,5 shtat birligida 17 nafar xodim bilan o`z faoliyatini boshladi. Shulardan 3 nafari oliy, 14 nafari o`rta maxsus ma`lumotga ega. Ayni vaqtda 15.5 shtat birligida 17 nafar mutaxassislar ishlab kelmoqdalar.
Faoliyati tugatilgan ARMlardan:
1. Qiziltepa Qishloq xo`jalik kasb-hunar kollejining ARM dan -30448 dona;
2. Qiziltepa tuman Agroiqtisodiyot kollejining ARM dan -19054 dona;
3. Qiziltepa Agroservis kasb-hunar kollejining ARM dan -17070 dona;
4. Qiziltepa tuman XTB ga qarashli ARM dan - 8441dona;
5. Qiziltepa Engilsanoat kasb-hunar kollejining ARM dan -2000 dona;
* Jami -77010 nusxa kitoblar yuqorida ko`rsatilgan ARMdan dalolatnomalar orqali qabul qilib olindi.
* Ayni damda axborot-kutubxona markazining fondi -79135 nusxani tashkil qilmoqda.

2020 yil

Pandemiya va onlayn xizmatlar

COVID-19 pandemiyasi davrida to'liq onlayn xizmatlar ishga tushirildi va masofaviy ta'lim qo'llab-quvvatlandi.

2024 yil

Zamonaviy kutubxona

Bugungi kunda kutubxonamiz 50,000+ kitob fondi, zamonaviy texnologiyalar va professional xizmatlar bilan ishlaydi.

2024 yil

Modernizatsiya

To'liq modernizatsiya amalga oshirildi. Zamonaviy jihozlar o'rnatildi va Wi-Fi tarmog'i yaratildi.

2025 yil

Raqamli kutubxona

Elektron kitoblar, jurnallar va boshqa raqamli resurslar bilan to'ldirildi.

2025 yil

Ilmiy tadqiqot

Tadqiqotchilar uchun maxsus xizmatlar va ma'lumotnomalar taqdim etildi.

2025 yil

Web-site

Qiziltepa tuman Axborot Kutubxona Markazning Websayti yaratildi

Bugungi kunda

50,000+
Kitoblar
5,000+
Foydalanuvchilar
100+
Tadbirlar
7+
Yillik tajriba