O'tgan
Jadid adabiyoti – milliy uyg‘onish ko‘zgusi
01.04.2026 11:20
O`quv zali
Tashkilotchi:
Mahliyo Hamroyeva
0/20 ishtirokchi
Tadbir haqida
Jadid adabiyoti – milliy uyg‘onish ko‘zgusi2026 yil 31 mart kunida Qiziltepa tuman axborot-kutubxona markazida 7532-harbiy qism askarlari ishtirokida jadidlar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Unda yurtimiz tarixida muhim o‘rin tutgan jadidchilik harakati namoyandalari, ularning ma’rifatparvarlik faoliyati hamda millat ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari haqida atroflicha so‘z yuritildi. Davra suhbatida ishtirokchilar tomonidan Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat kabi buyuk siymolarning hayoti, ijodi va ularning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida fikr almashildi. Shuningdek, jadidlarning ilm-ma’rifatni targ‘ib etish, zamonaviy ta’limni rivojlantirish borasidagi g‘oyalari bugungi kun uchun ham dolzarbligi ta’kidlandi. Mazkur davra suhbati yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarni chuqur anglash va kitobxonlik madaniyatini oshirishga xizmat qilmoqda.
Tadbir tafsilotlari
Sana va vaqt
01.04.2026, 11:20
Joy
O`quv zali
Sig'im
20 kishi
Tashkilotchi
Mahliyo Hamroyeva