Tadbir rasmi
Tadbir rasmi
Tadbir rasmi
O'tgan

Jadidlar merosi – millat ma’rifati

25.02.2026 11:00
Texnikum
Tashkilotchi: Mahliyo Hamroyeva
0/30 ishtirokchi

Tadbir haqida

Jadidlar merosi – millat ma’rifati
🥇Yosh kitobxonlar
🥈 Zukkolar
2026- yil 25-fevral kunu Qiziltepa tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari 3- son kasb hunar texnikumida jadid bobolarimiz xotirasini abadiylashtirish hamda ular yozib qoldirgan boy ilmiy-adabiy merosni kitobxonlar orasida keng targ‘ib etish maqsadida "Jadidlar merosi – millat ma’rifati" mavzusida zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi. Bellashuv davomida ishtirokchi kitobxonlar ikki guruhga ya'ni "Zukkolar" va "Yosh kitobxonlar" ga bo'linib o‘zaro bellashdilar. Unda, ishtirokchilar savollarga tezkor va aniq javob berish orqali o‘z bilimlarini namoyon etdilar.
Intellektual o‘yin jarayoni qizg‘in va qiziqarli ruhda o‘tdi. Kitobxonlar jadid adabiyoti namoyandalari ularning asarlari hamda tarixiy faoliyati haqida yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Bellashuvda yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng targ‘ib etish milliy merosimizga hurmat qiziqishni yanada oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir tafsilotlari

Sana va vaqt

25.02.2026, 11:00

Joy

Texnikum

Sig'im

30 kishi

Tashkilotchi

Mahliyo Hamroyeva