O'tgan
KITOBXONLIK HAFTALIGI
13.04.2026 11:00
O`quv zali
Tashkilotchi:
Mahliyo Hamroyeva
0/25 ishtirokchi
Tadbir haqida
📢 ``KITOBXONLIK HAFTALIGI``Qiziltepa tuman Axborot-kutubxona markazida ``Kitobxonlik haftaligi``ning tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi.
Tadbir davomida kitobxonlikni targ`ib etish, yoshlar qalbida mutolaa madaniyatini shakllantirish, ma’naviy boylikni oshirish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.
Ochilish marosimini tuman Maʼnaviyat va ma`rifat bo‘linmasi rahbari N. Kenjayev ochib berib kitobning inson hayotidagi o`rni, uning tarbiya va tafakkurdagi ahamiyati haqida fikr bildirib o`tdilar.
📚 Haftalik davomida turli ko‘rgazmalar, davra suhbatlari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Bizni kuzatishda davom eting hafta davomida
✅ ``Zakovat intellektual o‘yinlari``, ✅``Sheʼrxonlik kechalari``,
✅``Davra suhbatlar``, ✅``O`qimoqchisiz-ammo kelaolmayapsiz loyihalari``, ✅``Kutubxonada bir kun.... `` shiori ostida ekskursiyalar bo`lib o‘tadi...
Barcha kitobsevarlarni ma`naviyat maskanimizga taklif etamiz! Bilim olishdan aslo to`xtamang
Tadbir tafsilotlari
Sana va vaqt
13.04.2026, 11:00
Joy
O`quv zali
Sig'im
25 kishi
Tashkilotchi
Mahliyo Hamroyeva