O'tgan
Sayohat
26.08.2025 11:30
O`quv zali
Tashkilotchi:
Mahliyo Hamroyeva
0/15 ishtirokchi
Tadbir haqida
Qiziltepa tuman AKMda 2025 yil 26- avgust kuni tumandagi 7532- sonli harbiy qism askarlari sayohatga tashrif buyurdi.Sayohatda markazning xizmat rahbari Y.Hasanova askarlarni foydalanishlari uchun badiiy adabiyotlar hamda AKM ning ish faoliyati bilan tanishtirib, ularga kitob o`qishning foydasi haqida –kitobga do`st bo`lish va kitob o`qishni kanda qilmaslik, yoshlar hayotida kitobning alohida o`rni, yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg`ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undashi haqida gapirdi.
Hamda Harbiy qism askarlariga ``Buyuk dargʻalarga ehtirom`` nomli kitob koʻrgazmasi xam tanishtirildi.
Koʻrgazmada Jadid adabiyoti namoyondalarining durdona asrlari joylashgan boʻlib askarlar jadid allomalar kitobi bo`yicha o`z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Xususan, markaz xodimi Y.Hasanova buyuk ma`rifatparvarlar kitoblarni o`qish, muhokama qilish, ilmni oshirishga xizmat qilishini takidladi.
Tadbir tafsilotlari
Sana va vaqt
26.08.2025, 11:30
Joy
O`quv zali
Sig'im
15 kishi
Tashkilotchi
Mahliyo Hamroyeva