Tadbir rasmi
Tadbir rasmi
Tadbir rasmi
O'tgan

Oydin Hojiyevaning tavallud ayyomi

22.04.2026 10:30
Muzey
Tashkilotchi: Mahliyo Hamroyeva
0/10 ishtirokchi

Tadbir haqida

2026-yil 22-aprel kunida Qiziltepa tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari O`zbek adabiyotining iste’dodli vakillaridan biri — Oydin Hojiyevaning tavallud ayyomi munosabati bilan tuman Muzeyiga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif davomida xodimlar muzeyda Adibaga bagʻishlab yaratilgan maxsus burchak bilan yaqindan tanishdilar. Unda adibaning hayoti, ijodiy faoliyati, asarlari hamda adabiyotimiz rivojiga qoʻshgan hissasi aks etgan nodir materiallar katta qiziqish bilan koʻzdan kechirildi.
Tadbirning muhim qismi sifatida davra suhbati tashkil etilib, unda Oydin Hojiyevaning boy ijodiy merosi, uning asarlarida aks etgan ma`naviy-axloqiy g`oyalar, insoniylik va hayot falsafasi haqida fikr almashildi. Ishtirokchilar adibaning ijodidan ilhomlanib, uning asarlarining bugungi yoshlar tarbiyasidagi o`rni haqida o`z mulohazalarini bildirdilar.
https://t.me/c/1330662608/61764
https://t.me/yangi_qiziltepa_akm1/338209?single

Tadbir tafsilotlari

Sana va vaqt

22.04.2026, 10:30

Joy

Muzey

Sig'im

10 kishi

Tashkilotchi

Mahliyo Hamroyeva