Tadbir rasmi
Tadbir rasmi
Tadbir rasmi
Tadbir rasmi
O'tgan

OYDIN HOJIYEVA XOTIRASIGA EHTIROM KO‘RSATILDI

22.04.2026 11:50
2-son texnikum
Tashkilotchi: Mahliyo Hamroyeva
0/80 ishtirokchi

Tadbir haqida

OYDIN HOJIYEVA XOTIRASIGA EHTIROM KO`RSATILDI
Qiziltepa tumanidagi korxona va tashkilotlarda, ta`lim muassasalarida O`zbekiston xalq shoiri, ``El-yurt hurmati`` ordeni sohibasi Oydin Hojiyevaning tavallud kuni hamda uning xotirasiga ehtirom ko`rsatishga bag‘ishlangan ma`naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Jumladan, tumandagi ijodkorlar, faxriylar, shoiraning yaqinlari, keng jamoatchilik vakillari va yoshlar ishtirokida tuman o`lkashunoslik muzeyiga sayohat hamda davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir ishtirokchilari muzeyga sayohat jarayonida Oydin Hojiyevaga atab tashkil etilgan bo`limdagi eksponatlar bilan yaqindan tanishib, shoiraning hayoti va ijodi, o`zbek milliy adabiyotidagi o‘rni xususida suhbat uyushtirishdi.
Shuningdek, ushbu sana munosabati bilan tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabida ham badiiy kecha tashkil etilib, kechada shoiraning ijodiga bag‘ishlangan mushoira kechasi, maktab ustozlari va ijodkor o‘quvchilari tomonidan badiiy chiqishlar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Tadbir tafsilotlari

Sana va vaqt

22.04.2026, 11:50

Joy

2-son texnikum

Sig'im

80 kishi

Tashkilotchi

Mahliyo Hamroyeva