Tadbir rasmi
Tadbir rasmi
Tadbir rasmi
Tadbir rasmi
Tadbir rasmi
Tadbir rasmi
Tadbir rasmi
O'tgan

TA`LIM MASKANIDA IJODIY KECHA O`TKAZILDI

22.04.2026 14:30
Ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasasi
Tashkilotchi: Mahliyo Hamroyeva
0/100 ishtirokchi

Tadbir haqida

TA`LIM MASKANIDA IJODIY KECHA O`TKAZILDI
Ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalari agentligi tizimidagi Qiziltepa tuman  ixtisoslashtirilgan maktabida O`zbekiston xalq shoiri, ``El-yurt hurmati`` ordeni sohibasi Oydin Hojiyeva tavalludining 84 yilligi munosabati bilan badiiy-ma`rifiy tadbir tashkil etildi.
Badiiy kechada tuman Ma`naviyat va ma`rifat bo‘linmasi rahbari Navro`z Kenjayev, ``El-yurt hurmati`` ordeni sohibasi, Valiobod fermer xo`jaligi raisi Ra`no Valiyeva, Xalq deputatlari Qiziltepa tuman kengashi deputati Mashhura Karimova, tuman Axborot kutubxona markazi rahbari Gulchiroy Norqulova hamda bir qator jamoatchilik vakillari, shoiraning yaqinlari va yoshlar ishtirok etib, shoiraning hayoti va ijodi, o`zbek milliy adabiyotidagi o`rni, tumanimizning faxrli farzandi ekanligi xususida fikr bildirishdi.
Ijodiy kechada shoiraning ijodiga bag`ishlangan mushoira kechasi, maktabning ijodkor o`quvchilari tomonidan badiiy chiqishlar hamda sahna ko`rinishlari namoyish etildi.

Tadbir tafsilotlari

Sana va vaqt

22.04.2026, 14:30

Joy

Ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasasi

Sig'im

100 kishi

Tashkilotchi

Mahliyo Hamroyeva