O'tgan
Xotira kechasi
22.04.2026 14:00
Ixtisoslashtirilgan
Tashkilotchi:
Gulchiroy Norqulova
0/∞ ishtirokchi
Tadbir haqida
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qiziltepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston xalq shoiri, “El-yurt hurmati” ordeni sohibasi Oydin Hojiyeva tavalludining 84 yilligi munosabati bilan badiiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Badiiy kechada tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi rahbari Navro‘z Kenjayev, “El-yurt hurmati” ordeni sohibasi, Valiobod fermer xo‘jaligi raisi Ra’no Valiyeva, Xalq deputatlari Qiziltepa tuman kengashi deputati Mashhura Karimova, tuman Axborot kutubxona markazi rahbari Gulchiroy Norqulova hamda bir qator jamoatchilik vakillari, shoiraning yaqinlari va yoshlar ishtirok etib, shoiraning hayoti va ijodi, o‘zbek milliy adabiyotidagi o‘rni, tumanimizning faxrli farzandi ekanligi xususida fikr bildirishdi.
Ijodiy kechada shoiraning ijodiga bag‘ishlangan mushoira kechasi, maktabning ijodkor o‘quvchilari tomonidan badiiy chiqishlar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Tadbir tafsilotlari
Sana va vaqt
22.04.2026, 14:00
Joy
Ixtisoslashtirilgan
Sig'im
Cheklanmagan
Tashkilotchi
Gulchiroy Norqulova