Tadbir rasmi
Tadbir rasmi
Tadbir rasmi
Tadbir rasmi
O'tgan

Kitob targ`iboti

02.05.2026 11:00
5-sonli JIEK
Tashkilotchi: Gulchiroy Norqulova
0/50 ishtirokchi

Tadbir haqida

# Ijod osmonidagi yulduzlar
Joriy yilning 30-aprel kuni Tuman Axborot -kutubxona markazi xodimlari 5-sonli JIEKida bo`lishdi. Tumanimizda tug`ilgan, bizning faxrimiz bo`lgan O`zbekiston xalq shoirasi O.Hojiyeva va barchani sevimli shoiri, ko`plab she`rlari san`atkorlarimiz tomonidan qo`shiqqa aylangan shoirimiz M.Yusuflarning hayoti va ijodi haqida AKM direktori G.Norqulova gapirib berdi. 30 yoshgacha bo`lgan vaqtincha jazoni ijro etayotgan yosh mahkumlar ularning hayoti va ijod yo`llarini maroq bilan tinglab, o`zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
``Birgalikda kitob o`qiymiz loyihasi asosida AKM mutaxassisi G.Kamolova I.Mirzoning ``Bonu``, va Shukrulloning ``Kafansiz ko`milganlar`` asarlarini yoshlar o`rtasida targ`ibot qildi. Targ`ib qilingan adabiyotlar yoshlar o`rtasida qizg`in mulohazalarga sabab bo`ldi. Vaqtincha jazoni ijro etayotgan mahkumlar orasida asarlarni mutolaa qilganlari bo`lib ular ham o`z fikrlarini bildirishdi.

Tadbir tafsilotlari

Sana va vaqt

02.05.2026, 11:00

Joy

5-sonli JIEK

Sig'im

50 kishi

Tashkilotchi

Gulchiroy Norqulova