O'tgan
``KITOBXON OILA`` korik tanlovi
06.05.2026 10:30
3-son Musiqa maktabi
Tashkilotchi:
Mahliyo Hamroyeva
0/60 ishtirokchi
Tadbir haqida
# ``KITOBXON OILA`` korik tanlovi2026- yilning 6- may kunida 3 -sonli Musiqa maktabida Tuman Ma`naviyat va ma`rifat bo‘linmasi hamda Tuman Axborot-kutubxona markazi hamkorligida oilalarda kitobxonlikni keng targ`ib etish, aholi, ayniqsa yoshlar o`rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida ``Kitobxon oila`` ko`rik-tanlovining tuman bosqichi o`tkazildi.
Tanlov davomida ishtirokchi oilalar 3 ta shart asosida o`z bilim va salohiyatlarini namoyish etdilar. Jumladan, oilalarning badiiy asarlar bo`yicha bilim darajasi, kitob mutolaasi madaniyati hamda ijodiy chiqishlari hakamlar hay`ati tomonidan baholab borildi.
Ko`rik-tanlov yakunlariga ko`ra:
🥇 1-o`rinni— So`fyon MFY dan Qayumovlar oilasi
🥈 2-o`rinni— Oboddiyor MFYdan Yodgorovlar oilasi
🥉 3-o`rinni —Furqat MFY dan Shermatovlar oilasi qo`lga kiritdi.
G`olib va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar.
Tadbir tafsilotlari
Sana va vaqt
06.05.2026, 10:30
Joy
3-son Musiqa maktabi
Sig'im
60 kishi
Tashkilotchi
Mahliyo Hamroyeva