O'tgan
9-may – Xotira va qadrlash kuni
08.05.2026 08:30
Istirohat bog`i
Tashkilotchi:
Mahliyo Hamroyeva
0/200 ishtirokchi
Tadbir haqida
Bugun Qiziltepa tumani markazidagi Madaniyat va istirohat bog`ida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Motamsaro ona haykali poyiga gul qo`yish marosimi bo`lib o`tdi.Tadbirda tuman hokimi Bekzod Bobomurodov nutq so`zlab, Ikkinchi jahon urushiga mamlakatimiz hamda tumandoshlarimizning ishtiroki, g`alabaga qo`shgan munosib hissasi haqida aytib o`tdi.Shu munosabat bilan tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari Ona haykali poyiga gullar qo`yib, Vatan ozodligi, xalq tinchligi hamda bugungi osoyishta hayot yo‘lida jon fido qilgan ajdodlar xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirdilar. AKM xodimlari uzoq yillar davomida kutubxona sohasida samarali mehnat qilgan, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish yo`lida munosib hissa qo‘shgan faxriy ustozlar holidan ham xabar oldilar.
Faxriylar xonadoniga tashrif davomida ustozlar bilan samimiy suhbatlar tashkil etilib, ularning hayotiy tajribasi, mehnat faoliyati va yoshlar tarbiyasiga oid qimmatli fikrlari tinglandi.
Tadbir tafsilotlari
Sana va vaqt
08.05.2026, 08:30
Joy
Istirohat bog`i
Sig'im
200 kishi
Tashkilotchi
Mahliyo Hamroyeva