O'tgan
Kitob mening do`stimsan
05.06.2026 11:30
Tabassum oromgohi
Tashkilotchi:
Mahliyo Hamroyeva
0/30 ishtirokchi
Tadbir haqida
Bolalik! Hayotimizning boshi ana shu beg'ubor fasldan boshlanadi. Ulg'ayib kelayotgan o`g`il qizlarimiz mamlakatimiz kelajagi, ertamiz davomchilari, obod turmush davomchilaridir. Bugun yurtimizda yosh avlodni har tomonlama barkamol va sog'lom bo'lib voyaga yetishishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan, buni mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan bolalar sog'lomlashtirish oromgohlari misolida ham ko'rishimiz mumkin. Mana shunday maskanlardan biri Tumanimizdagi "Tabassum" mavsumiy bolalar dam olish oromgohidir. Ushbu oromgohda AKM xodimlari tomonidan joriy yilning 5-iyun kuni ``Kitob mening do`stimsan`` nomli davra suhbati o`tkazildi. Davra suhbati davomida dam oluvchi bolajonlarning qiziqishlari asosida qiziqarli savollarga javoblar bellashuvi ham o'tkazildi. Bellashuvda ayniqsa tumandagi maktab o`quvchilari Salimov Muhammadali, G`aybullayev Mironshox, Saydullayeva Nigina, Karmana tumanidan kelgan Abdusharipova Muqaddaslar faol ishtirok etdilar.https://t.me/yangi_qiziltepa_akm1/338499?single
Tadbir tafsilotlari
Sana va vaqt
05.06.2026, 11:30
Joy
Tabassum oromgohi
Sig'im
30 kishi
Tashkilotchi
Mahliyo Hamroyeva