O'tgan
Vatanimni she`r bilan kuylayman
06.07.2026 10:10
Tabassum oromgohi
Tashkilotchi:
Mahliyo Hamroyeva
0/80 ishtirokchi
Tadbir haqida
Qiziltepa tuman Axborot kutubxona markazi tomonidan ``Tabassum`` bolalar dam olish oromgohida 6-iyul kuni ``Vatanimni she`r bilan kuylayman`` nomli she`rxonlik tadbiri o`tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi o`quvchilarda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va vatanparvarlik tuyg`ularini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida ishtirokchilar Vatan, tinchlik, ona yurt va mustaqillikni madh etuvchi she`rlarni ifodali o`qib berdilar. Ularning chiqishlari tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi. Faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantirildi.Tadbir yakunida barchaga kitob mutolaasi va she`riyatga bo`lgan qiziqishni yanada rivojlantirish, Vatanga sadoqat va mehr tuyg`ularini doimo qalbda asrab-avaylash lozimligi ta`kidlandi. Mazkur tadbir yozgi oromgoh hayotining mazmunli va esda qolarli tadbirlaridan biri bo`ldi.
Tadbir tafsilotlari
Sana va vaqt
06.07.2026, 10:10
Joy
Tabassum oromgohi
Sig'im
80 kishi
Tashkilotchi
Mahliyo Hamroyeva