Tadbir rasmi
Tadbir rasmi
Tadbir rasmi
Tadbir rasmi
O'tgan

Jadid adabiyoti namoyandalari

23.07.2026 10:00
Tabassum oromgohi
Tashkilotchi: Mahliyo Hamroyeva
0/70 ishtirokchi

Tadbir haqida

Vatanining mustabidlar zulmidan ozod bo`lishini, millati farzandlarini sharafga to`lganlar qatorida ko‘rishni orzulagan xalqimizning qalbi uyg`oq farzandlari - ``jadid adabiyoti namoyandalari`` bugun yana o`z o`quvchilari bilan yuzlashmoqda.
Xalq maʼnaviyatini boyitish yo`lida olib borilgan kurashlar, milliy matbuot, adabiyot va teatrning odamlar tafakkurini oshirishdagi ahamiyati haqida asarlarida kuyunib yozgan, bu borada fidoyilik ko‘rsatgan, alaloqibat qatag`onga uchraganlar haqida so`z borarkan, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho`lpon, Abdulla Avloniy, Mahmudxo`ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Usmon Nosir, Is`hoqxon Ibrat siymolari ko`z oldimizda gavdalanadi.
Joriy yilning 23-iyul kuni tumandagi ``Tabassum`` oromgohining 4-smena 5-kunida Axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan ``Jadid adabiyoti namoyandalari`` nomli davra suhbati o`tkazildi.Suhbatda dam oluvchi bolajonlar faol ishtirok etishdi.

Tadbir tafsilotlari

Sana va vaqt

23.07.2026, 10:00

Joy

Tabassum oromgohi

Sig'im

70 kishi

Tashkilotchi

Mahliyo Hamroyeva