Tadbir rasmi
Tadbir rasmi
Tadbir rasmi
Tadbir rasmi
O'tgan

Yosh fermerlarni qo‘llab-quvvatlash kuni

23.07.2026 14:15
O`quv zali
Tashkilotchi: Mahliyo Hamroyeva
0/8 ishtirokchi

Tadbir haqida

2026 yil 23- iyul kunida Axborot kutubxona- markazida ``Yoshlar kuni`` doirasida ``Yosh fermerlarni qo‘llab-quvvatlash kuni`` mavzusida davra suhbati o`tkazildi. Davra suhbatida yoshlarni qishloq xo`jaligi sohasiga qiziqtirish, ularning bilim va ko`nikmalarini oshirish hamda zamonaviy agrotexnologiyalar haqida tushunchalarini boyitish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida Axborot-kutubxona markazi direktori G.Norqulova tomonidan qishloq xo`jaligi, fermerlik, dehqonchilik, chorvachilik, bog`dorchilik va issiqxona xo`jaligiga oid adabiyotlar targ‘ib qilindi. Ishtirokchilarga sohaga oid yangi nashrlar, amaliy qo‘llanmalar va ilmiy-ommabop adabiyotlar tanishtirilib, ulardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Davra suhbati yosh fermerlarning bilim va tajribasini oshirish, ularda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda qishloq xo`jaligi sohasidagi ilmiy-amaliy manbalarga qiziqishini kuchaytirishga xizmat qildi.
https://t.me/yangi_qiziltepa_akm1/338865?single

Tadbir tafsilotlari

Sana va vaqt

23.07.2026, 14:15

Joy

O`quv zali

Sig'im

8 kishi

Tashkilotchi

Mahliyo Hamroyeva