Tadbir rasmi
Tadbir rasmi
Tadbir rasmi
Tadbir rasmi
Tadbir rasmi
Tadbir rasmi
O'tgan

``Sogʻlom oila va sogʻlom jamiyat sari``. Rahbar va yoshlar

30.07.2026 10:10
Sport maktabi
Tashkilotchi: Mahliyo Hamroyeva
0/50 ishtirokchi

Tadbir haqida

2026 yilning 30- iyul kunida ``Rahbar va yoshlar`` kuni munosabati bilan Qiziltepa tuman Axborot-kutubxona markazi direktori G.Norqulova sport majmuasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida yoshlar o`rtasida ``Sogʻlom oila va sogʻlom jamiyat sari`` mavzusida ma`naviy-ma`rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida Axborot-kutubxona markazi fondidagi kitoblar va adabiyotlar targ`ib qilinib, yoshlarni kitob mutolaasiga keng jalb etish, sog`lom turmush tarzini shakllantirish hamda ma`naviy va jismoniy barkamollikni rivojlantirish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.
Shuningdek, sport mashg`ulotlarida ishtirok etayotgan o`quvchilar o`rtasida dzyudo bo`yicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqa yakunlariga ko`ra:
🥇 1-o`rin – Boboqulov Baxtiyor;
🥈 2-o`rin – Ahmadova Begoyim;
🥉 3-o`rin – Rustamov Akbar.
Tadbir so`ngida g`oliblar tabriklanib, ularga kelgusidagi sport faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.

Tadbir tafsilotlari

Sana va vaqt

30.07.2026, 10:10

Joy

Sport maktabi

Sig'im

50 kishi

Tashkilotchi

Mahliyo Hamroyeva