O'tgan
Rahbar va yoshlar uchrashuvi
06.08.2026 10:30
JIEK
Tashkilotchi:
Mahliyo Hamroyeva
0/50 ishtirokchi
Tadbir haqida
2026-yil 6- iyul kunida Qiziltepa Tuman JIEK da. ``Rahbar va yoshlar uchrashuvi`` doirasida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Axborot-kutubxona markazi direktori G.Norqulova ham ishtirok etib, ``Sun`iy intellekt va kelajak kasblari`` mavzusida kitoblar targ'ibotini olib bordi.Uchrashuv davomida ishtirokchilarga sun`iy intellekt texnologiyalarining bugungi kundagi o`rni, uning ta'lim, tibbiyot, sanoat, qishloq xo`jaligi, axborot texnologiyalari va boshqa sohalardagi qo`llanilishi haqida batafsil ma`lumotlar berildi. Shuningdek, kelajakda eng talab yuqori bo`ladigan kasblar, zamonaviy bilim va ko`nikmalarning ahamiyati hamda doimiy o`qib-o`rganishning inson hayotidagi o`rni xususida suhbat o`tkazildi.
Axborot-kutubxona markazi fondida mavjud sun`iy intellekt, shaxsiy rivojlanish va zamonaviy fanga oid adabiyotlar ishtirokchilarga tanishtirildi. Kitoblar mazmuni yuzasidan tavsiyalar berilib, mutolaa qilish orqali zamonaviy kasblarni egallashda kitobning o`rni alohida ta`kidlandi.
Tadbir tafsilotlari
Sana va vaqt
06.08.2026, 10:30
Joy
JIEK
Sig'im
50 kishi
Tashkilotchi
Mahliyo Hamroyeva