O'tgan
Madaniyatlararo muloqot va intellektual salohiyat
13.08.2026 09:00
41-maktab
Tashkilotchi:
Mahliyo Hamroyeva
0/10 ishtirokchi
Tadbir haqida
026 yil 13- avgust kuni ``Rahbar va yoshlar`` uchrashuvi doirasida Qiziltepa tuman Axborot-kutubxona markazi hamda AKT va raqamlashtirish xizmati rahbari M. Hamroyeva tashabbusi bilan 41-maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari ishtirokida ``Madaniyatlararo muloqot va intellektual salohiyat`` mavzusida mazmunli davra suhbati tashkil etildi.Tadbir davomida madaniyatlararo muloqotning jamiyat hayotidagi o`rni, turli millat va elatlar vakillariga hurmat, o`zaro hamjihatlik va bag`rikenglik tamoyillari haqida fikr almashildi. Shuningdek, yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Davra suhbati samimiy va ochiq muloqot ruhida o`tdi. O`quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavzu yuzasidan fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir tafsilotlari
Sana va vaqt
13.08.2026, 09:00
Joy
41-maktab
Sig'im
10 kishi
Tashkilotchi
Mahliyo Hamroyeva