Tadbir rasmi
Tadbir rasmi
Tadbir rasmi
Tadbir rasmi
O'tgan

Rahbar va yoshlar uchrashuvi

26.08.2026 10:20
Tabassum oromgohi
Tashkilotchi: Mahliyo Hamroyeva
0/50 ishtirokchi

Tadbir haqida

``Rahbar va yoshlar uchrashuvi ``
2026 yil 26- avgust kunida Rahbar va yoshlar uchrashuvi doirasida Qiziltepa tuman Axborot-kutubxona markazi direktori G. Norqulova tomonidan tumandagi ``Tabassum`` oromgohida yoshlar ishtirokida ``Mustaqillikning 35 yilligi — Yangi O‘zbekiston yoshlar nigohida`` mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlar bilan yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda Mustaqillikning 35 yilligi haqida fikr almashildi. Yoshlar o`zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, o`z fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Davra suhbatida Vatanga muhabbat, istiqlolni qadrlash, yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va kelajakdagi maqsadlari haqida so`z yuritildi. Tadbir davomida yoshlar tomonidan she`rlar o`qilib, badiiy chiqishlar namoyish etildi.
Mazmunli va samimiy ruhda o`tgan tadbir yoshlar uchun ko`tarinki kayfiyat bag`ishladi

Tadbir tafsilotlari

Sana va vaqt

26.08.2026, 10:20

Joy

Tabassum oromgohi

Sig'im

50 kishi

Tashkilotchi

Mahliyo Hamroyeva