O'tgan
Hakim Termiziy merosi
24.08.2026 10:30
1-maktab
Tashkilotchi:
Mahliyo Hamroyeva
0/46 ishtirokchi
Tadbir haqida
2026-yil 24-avgust kuni O`zbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda Qiziltepa tuman Axborot-kutubxona markazida buyuk mutafakkir va alloma Hakim Termiziyning boy ilmiy-ma`naviy merosiga bag`ishlangan davra suhbati o`tkazildi.Tadbirda Hakim Termiziyning islom ilmlari, ma`naviyat va axloqiy tarbiya rivojiga qo`shgan munosib hissasi, ilmiy merosining bugungi kundagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Allomaning asarlari, ilmiy qarashlari va ma`naviy-axloqiy g`oyalari ishtirokchilarga atroflicha tushuntirildi.
Davra suhbatida kutubxona xodimlari, soha mutaxassislari hamda kitobxonlar ishtirok etib, Hakim Termiziy merosini chuqur o`rganish, yosh avlodga yetkazish va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish borasida fikr almashdilar.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga allomaning hayoti va ilmiy faoliyatiga oid kitob hamda manbalar tavsiya etildi. Bunday ma`rifiy tadbirlar yoshlarimizni ilmga, ma`naviyatga va ajdodlarimizning boy ilmiy merosini o`rganishga undashda muhim ahamiyat kasb etadi
Tadbir tafsilotlari
Sana va vaqt
24.08.2026, 10:30
Joy
1-maktab
Sig'im
46 kishi
Tashkilotchi
Mahliyo Hamroyeva