O'tgan
Kitob terapiyasi
12.09.2025 11:00
Tibbiyot birlashmasi
Tashkilotchi:
Mahliyo Hamroyeva
0/20 ishtirokchi
Tadbir haqida
📚MA`NAVIYAT— QALB SHIFOSIQiziltepa tuman Ma`naviyat va ma`rifat bo`linmasi hamda tuman Axborot kutubxona markazi tomonidan tumandagi korxona-tashkilotlarga kitob marafonlari tashkil qilinmoqda.
Jumladan, tuman Tibbiyot birlashmasida kitob marafoni o‘tkazildi.
Marafon davomida ``Kitob terapiyasi`` shiori ostida davolanayotgan bemorlarga turli xil badiiy va ma’rifiy kitoblar taqdim etildi. Ushbu ezgu tashabbus bemorlar qalbiga iliqlik, ko‘ngillariga taskin, ruhlariga esa kuch va umid bag‘ishladi.
Shuningdek, shifoxona kitob javoni ham 1000 dan ortiq badiiy kitoblar bilan boyitilgan bo`lib, shifoxonadagi bemorlarga ushbu kitoblarni o`qishga tavsiyalar berildi.
Marafonning asosiy maqsadi – kitobxonlikni keng targ‘ib qilish va bemorlar qalbiga ma’naviy shifo ulashishga xizmat qildi.
Kitob — qalbga nur, ruhga shifo, hayotga umid!
Tadbir tafsilotlari
Sana va vaqt
12.09.2025, 11:00
Joy
Tibbiyot birlashmasi
Sig'im
20 kishi
Tashkilotchi
Mahliyo Hamroyeva