Tadbir rasmi
Tadbir rasmi
Tadbir rasmi
O'tgan

KITOB LOTTO

12.11.2025 11:15
O`quv zali
Tashkilotchi: Mahliyo Hamroyeva
0/15 ishtirokchi

Tadbir haqida

#KITOB LOTTO#
2025 yil 12- noyabr kuni Qiziltepa tumani Axborot-kutubxona markazida ``INFOLIB O‘ZBEKISTON-2025`` XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida yosh kitobxonlar o`rtasida O`tkir Hoshimovning `` Dunyoning ishlari`` asari yuzasidan savol javob o`yini o`tkazildi.
Mutaxassislar tomonidan O`zbek adabiyotida O`tkir Hoshimov ning tutgan o`rni, asarlari xalqimizning ming yillik tarixi, orzu-intilishlarini, quvonch va dardlarini o`zida mujassam etgan bebaho ma`naviy xazina ekanligi, har bir davrda, har bir adibning yurak tovushi orqali xalq ruhi, o`zlik va millat nafasi ekanligi haqida so`zlab o`tildi, hamda ``Dunyoning ishlari`` asaridan tuzilgan savollarga o`quvchilar aniq va tezkorlik bilan javob berdilar. Mazkur haftalik — yoshlarning kitobga, bilimga bo`lgan mehrini yanada mustahkamlash, ularni yurt kelajagiga sadoqat va ma`naviyatli ruhda tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Tadbir tafsilotlari

Sana va vaqt

12.11.2025, 11:15

Joy

O`quv zali

Sig'im

15 kishi

Tashkilotchi

Mahliyo Hamroyeva