O'tgan
Raqamli zo`ravonlik
21.11.2025 11:00
Mahallalarda
Tashkilotchi:
Mahliyo Hamroyeva
0/30 ishtirokchi
Tadbir haqida
Raqamli zo`ravonlik — bu internet, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, mobil telefonlar yoki boshqa raqamli vositalar orqali odamga zarar yetkazish, bosim o`tkazish yoki tahdid qilishdir. U odatda quyidagi ko`rinishlarda namoyon bo`ladi:Raqamli zo`ravonlik turlari:
Kiberbulling – haqorat qilish, masxara qilish, doimiy ravishda yozib bezovta qilish.
Shaxsiy ma`lumotlarni tarqatish – roziligisiz fotosurat yoki videolarni ulashish.
Tahdid qilish – qo`rqituvchi xabarlar, bosim o`tkazish.
Soxta akkaunt ochish – kimningdir nomidan sahifa ochib uni obro`sizlantirish.
Kuzatish yoki nazorat qilish – ruxsatsiz xabarlarni o`qish, geolokatsiyani tekshirish.
Moliyaviy firibgarlik – aldov orqali pul olishga urinish.
Ushbu xolatlarni oldini olish va axollini xushyorlikka da`vat qilish maqsadida Qiziltepa tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari 2025-yil 21- noyabr kuni O`zbekiston hamda Gulzor MFY si axolisi orasida ``Raqamli zo`ravonlik o`zi nima`` deb nomlangan tarqatmani targ`ib qildilar.
Tadbir tafsilotlari
Sana va vaqt
21.11.2025, 11:00
Joy
Mahallalarda
Sig'im
30 kishi
Tashkilotchi
Mahliyo Hamroyeva