O'tgan
``Kitobxon onalar`` ko`rik-tanlovi
24.02.2026 11:30
41-maktab
Tashkilotchi:
Mahliyo Hamroyeva
0/25 ishtirokchi
Tadbir haqida
📚 ``Kitobxon onalar`` ko`rik-tanlovi2026-yil 24-fevral kuni Qiziltepa tuman Axborot-kutubxona markazida ``Kitobxon onalar`` ko`rik-tanlovining tuman bosqichi o`tkazildi.
Mazkur tanlov tuman Oila va xotin-qizlar bo`limi hamda Ma`naviyat va ma`rifat bo‘linmasi hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirdan ko`zlangan asosiy maqsad — xotin-qizlar o`rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, buyuk alloma va adiblarimizning boy ma`naviy merosini keng targ‘ib etish hamda farzandlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdan iboratdir.
Tanlovda tumandagi 4 ta sektordan eng faol va kitobsevar onaxonlar ishtirok etdilar. Ishtirokchilar quyidagi shartlar asosida bellashdilar:
• O`zini tanishtirish;
• O`qigan kitobini sharhlash;
• Sevimli asari yuzasidan mulohaza bildirish.
Hakamlar hay`ati tomonidan ishtirokchilarning nutq madaniyati, asar mazmunini ochib bera olish mahorati hamda tarbiyaviy ahamiyatni yetkazish qobiliyati baholandi.
🏆 Tanlov yakuniga ko`ra, Tavois MFYda istiqomat qiluvchi Zebuniso Xasanova 1-o`rinni qo`lga kiritib, viloyat bosqichiga yo`llanma oldi.
Tadbir tafsilotlari
Sana va vaqt
24.02.2026, 11:30
Joy
41-maktab
Sig'im
25 kishi
Tashkilotchi
Mahliyo Hamroyeva